Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni Tailandning Supxanburi provinsiyasi markazidagi pirotexnika zavodida yuz bergan portlashda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi, deb xabar beradi Xinhua.
Tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 11:10 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam xizmati yetib kelib, jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazgan.
Hozirda portlash sabablari aniqlanmoqda.