Speedtest internet tezligini tekshirish xizmati orqali Rossiya aloqa tarmoqlariga hujum uyushtirishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yig‘ilmoqda, deya xabar bermoqda Roskomnadzor.
"Speedtest xizmatiga egalik qiluvchi Qo‘shma Shtatlarning Ookla kompaniyasi Rossiya aloqa tarmog‘ining tuzilmasi, sxemasi, ishlash qobiliyati, shu jumladan tarmoqning geografik joylashuvi va mintaqaviy segmentlarining ishlash vaqtlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plamoqda", deyiladi Roskomnadzor bayonotida.
"Amerika xizmatlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar Rossiya aloqa tarmoqlari hamda ularga ulangan korxona va tashkilotlar tizimlariga hujumlarni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash uchun foydalanilishi mumkin", deya qayd etgan Roskomnadzor.