Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Vashington Tayvan prezidentidan Pekin bilan muzokaralar fonida AQSh hududida to‘xtab o‘tmaslikni so‘radi — Associated Press

Vashington Tayvan prezidentidan Pekin bilan muzokaralar fonida AQSh hududida to‘xtab o‘tmaslikni so‘radi — Associated Press

Manbalarga ko‘ra, Oq uy Taybeydan prezident Lay Sin-dening Lotin Amerikasi mintaqasiga safari davomida tranzit marshrutini o‘zgartirishni, Nyu-York orqali o‘chmaslikni so‘ragan.

Tayvan esa mamlakat prezidenti xorijiy safarlarga chiqishni rejalashtirmayotganini bildirgan. Bunga ichki muammolar, jumladan, tabiiy ofatlar va AQSh bilan tariflar bo‘yicha muzokaralar sabab sifatida ko‘rsatilgan.

"Sababi nima bo‘lishidan qat’i nazar, tashrifning bekor qilinishi, shubhasiz, Pekin uchun katta diplomatik g‘alaba hisoblanadi va bu Vashington AQSH-Xitoy munosabatlari uchun yomon namuna yaratmoqda, degan xavotirni kuchaytirmoqda", deya izohlaydi Associated Press.

Kiritildi: 17:59 30.07.2025. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!