Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyada katta miqyosli qayta qurollanish rejalashtirilmoqda

Germaniyada katta miqyosli qayta qurollanish rejalashtirilmoqda

Germaniya Mudofaa vazirligi kelgusi o‘n yil ichida ko‘p milliard yevrolik harbiy texnika sotib olishni rejalashtirmoqda. Reuters manbalariga ko‘ra, xaridlar qatorida qo‘llanma va razvedka texnikasi, samolyotlar va bronetexnika ham bor.

📌 Reja doirasida quyidagilarni xarid qilish ko‘zda tutilgan:

  • 20 ta Eurofighter ko‘pmaqsadli zamonaviy harbiy samolyoti (elektron kurash tizimlari bilan jihozlangan). Narxi — 4–5 milliard yevro atrofida;

  • 2–3 mingta Boxer turdagi bronemashina — taxminan 10 milliard yevro;

  • 3,5 ming ta Patria piyoda askarlar uchun mashina — taxminan 7 milliard yevro.

💰 Ushbu dastur 10 yillik davrga mo‘ljallangan bo‘lib, Germaniya hukumati qurollanishni jadallashtirish uchun bir necha yuz milliard yevrolik qarz majburiyatlarini ham olishga tayyor.

2026 yilda Germaniyaning mudofaa byudjeti 83 milliard yevroni tashkil etadi — bu 2025 yilga nisbatan taxminan 20 milliardga ko‘p.

Urush ortida kuchaygan xavfsizlik muammolari Germaniyani tezkor qayta qurollanish yo‘liga boshlagan.

Kiritildi: 15:25 30.07.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!