Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya sentyabr oyida Falastin mustaqilligini tan oladi(mi)?

Buyuk Britaniya sentyabr oyida Falastin mustaqilligini tan oladi(mi)?

Isroil G‘azodagi “dahshatli vaziyatni tugatish bo‘yicha sezilarli qadamlar” qo‘ymasa, Buyuk Britaniya sentyabr oyida Falastin mustaqilligini tan oladi — Qirollik bosh vaziri.

Kir Starmerning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishi, shuningdek, G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish niyati yo‘qligini ochiq bildirishi va “ikki xalq — ikki davlat” tamoyiliga asoslangan tinchlik jarayoniga sodiq qolishi kerak.

"Bundan tashqari, Isroil BMTga falastinliklarga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berishi va Iordaniya daryosining G‘arbiy sohilidagi hududlarni bosib olish rejalaridan voz kechishi lozim. Agar Isroil bu shartlarni bajarmasa, Buyuk Britaniya sentyabrda Falastin davlatini tan oladi", — deya ta’kidladi Buyuk Britaniya hukumati rahbari.

Kir Starmerning aytishicha, Buyuk Britaniya Isroil va HAMASni teng ko‘rmaydi.

"Londonning HAMASga nisbatan talablari o‘zgarmaydi: guruh barcha garovdagilarni ozod qilishi, o‘t ochishni to‘xtatishga rozilik berishi, qurollarini topshirishi va G‘azoni boshqarishdan butunlay voz kechishi lozim", — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.

Kiritildi: 12:28 30.07.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!