Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

BMT bosh kotibi Isroilni Iordan daryosining G‘arbiy sohilini asta-sekin anneksiya qilishda aybladi

BMT bosh kotibi Isroilni Iordan daryosining G‘arbiy sohilini asta-sekin anneksiya qilishda aybladi

"Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy sohilning sekinlik bilan anneksiya qilinishi noqonuniydir. Bu darhol to‘xtatilishi kerak. Bundan tashqari, G‘azo sektorining to‘liq vayron qilinishi qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bu ham zudlik bilan to‘xtatilishi lozim", — dedi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyada.

BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, “ikki xalq - ikki davlat” tamoyiliga asoslangan yechim hech qachon bunchalik uzoq bo‘lmagan.

Guterrish 23 iyulda Isroil Knesseti (parlamenti) tomonidan qabul qilingan rezolyusiyani ham qoraladi. Mazkur rezolyusiyada “Isroil suverenitetini Yahudiya, Samariya va Iordan vodiysiga”, ya’ni G‘arbiy sohildagi hududlarga yoyish” nazarda tutilgan edi.

Ma’lumotl uchun, Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilini, Sharqiy Quddusni va G‘azo sektorini 1967 yilda Iordaniya, Misr, Suriya va Iroqqa qarshi olib borgan “Olti kunlik urush” davomida egallab olgan edi. O‘shandan beri Isroil G‘arbiy sohilda xalqaro huquqqa zid ravishda o‘nlab yahudiy aholi punktlarini qurgan. 2024 yilda BMT Xalqaro sudi ularning qurilishini darhol to‘xtatishga chaqirdi. Isroil bu qarorni tanqid qilgan va uni tan olmagan. Hozirda G‘arbiy sohilda taxminan 500 ming yahudiy va 3 million falastinlik yashaydi.

Kiritildi: 23:15 28.07.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!