Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025 yil 2 avgust sanasidan boshlab, 6 ta bekatdan iborat “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Texnopark-Qipchoq-Texnopark” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.