NYT Gazetasining manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi harbiy byudjetdan 934 million dollarni Qatar amiri tomonidan sovg‘a sifatida olingan Boeing 747-8 samolyotini rekonstruksiya qilish uchun qayta taqsimlagan. Ushbu samolyot kelajakda prezident borti sifatida foydalanilishi rejalashtirilmoqda.
"Ushbu mablag‘lar daatlab yer usti harbiy bazasidagi jangovar yadroviy kallaklarni uchirish tizimlarini modernizasiya qilishni ko‘zda tutuvchi Sentinel yadro dasturi uchun ajratilgan edi", deya yozmoqda The New York Times.