Agentlik bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib xabar bermoqda.
Razvedka idorasi xulosasiga ko‘ra, Rossiya yaqin oylar ichida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday taxminlarga asos bo‘lgan omillar orasida yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashining yuqori lavozimli rasmiysining Pxenyanga tashrifi hamda Shimoliy Koreya armiyasining yangi bo‘linmalarini shakllantirish jarayoni keltirilgan.
"Bundan tashqari, Pxenyan Moskvaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirmoqda. KXDR Rossiyaga artilleriya va raketalar yetkazib berish evaziga sun’iy yo‘ldosh uchirish va yuqori aniqlikda nishonga olish tizimlari bo‘yicha texnik maslahatlar olayotgan bo‘lishi mumkin", deya yozmoqda Reuters.