Shotlandiyaga kelgan AQSh prezidenti Yevropa davlatlarini “migrantlarning dahshatli bosqini”ni to‘xtatishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Tramp yevropaliklarni shamol generatorlaridan voz kechishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shamol generatorlari "dalalar va vodiylarning go‘zal ko‘rinishini buzmoqda", dengizga zarar yetkazmoqda va qushlarni o‘ldirmoqda.
Buyuk Britaniyada Tramp mamlakat bosh vaziri Kir Starmer hamda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uchrashishni rejalashtirgan. Yevrokomissiya rahbari bilan uchrashuvda asosiy mavzu AQSh va YEI o‘rtasidagi savdo krlishuvi bo‘lishi kutilmoqda.
Safardan avval AQSh prezidenti Yevropa Ittifoqi bilan ilgari e’lon qilgan 30 foizlik boj stavkalarining kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatlarini “50 ga 50” deb baholagan edi.