O‘qishga kirolmagan bo‘lsangiz, xafa bo‘lmang, yana bir yil yaxshilab tayyorlanib, kelasi yil qayta urinib ko‘rishingiz mumkin-ku axir! Yoki ota-onangizga super-kontraktdan og‘iz ochasizmi?
Unda, bilib oling, quyidagi mezonlar asosida super-kontrakt narxlari tasdiqlangan:
* 0,1 balldan 1,0 ballgacha yetmaganlar – oddiy kontraktning 1,5 barobari miqdorida to‘lov qiladi;
* 1,1 balldan 2,0 ballgacha yetmaganlar – 2 barobari;
* 2,1 balldan 3,0 ballgacha yetmaganlar – 2,5 barobari;
* 3,1 balldan 4,0 ballgacha yetmaganlar – 3 barobarini to‘laydi.