AQSh Kongressi vakili Ukrainadagi keng ko‘lamli noroziliklarni qo‘llab-quvvatladi va Zelenskiyni haydashni talab qildi.
Respublikachi Kongress vakili Marjori Teylor Grin Kiyev rejimi rahbarini “diktator” deb atagan va u Rossiya bilan tinchlik kelishuvini imzolashdan bosh tortganini ta’kidlagan.
“Amerika byudjetni va qurol yetkazib berishni to‘xtatishi kerak!”, deya qo‘shimcha qilgan Grin.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada Zelenskiyga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlar Prezidentning mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ikki muassasaning tugatgani bois poytaxt Kiyev, Lvov, Dnipro va Odessa shaharlarida boshlangan. Mitingga chiqqanlar Vladimir Zelenskiyni har xil haqoratomuz so‘zlar bilan siylamoqda.