Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fayzullayev "Istanbul Bashakshexir" uchun muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Fayzullayev "Istanbul Bashakshexir" uchun muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev "Istanbul Bashakshexir"ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Sport24'ning vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berishicha, tez orada turk klubi "harbiylar"ga bir to‘lovda 7,5 million yevro jo‘natadi va poytaxt klubi pulni olgach, transfer imzolanadi. Qayd etilishicha, kelishuv uch mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa klublari uchun tovon puli belgilanadi.

"Bitim 99 foizga bajarildi. Agar barcha hujjatlar o‘z vaqtida yopilsa, hafta oxirigacha Fayzullayevning transferi e’lon qilinadi," - dedi manba.

Kiritildi: 13:50 22.07.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!