Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti qamoqda qoladi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti qamoqda qoladi

18 iyul kuni sud Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning qamoqdan ozod qilish bo‘yicha iltimosini rad etdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Shu tariqa, Yun Sok Yol 2024 yil dekabrida harbiy favqulodda holat joriy qilishga urinish bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida qamoqda qoladi.

Seulning Markaziy okrug sudi sobiq prezident Yun Sok Yolning qamoqqa olinishi qanchalik qonuniy ekani yuzasidan o‘tkazilgan eshituvdan bir necha soat o‘tib qaror chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, Yun Sok Yol 2024 yil dekabrida harbiy favqulodda holat joriy qilishga urinishi ortidan hibsga olingan va bir hafta o‘tib ozodlikka chiqishga urinib ko‘rgan edi.

Kiritildi: 23:25 20.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!