Tramp “Epshteynga yalang‘och ayol surati ko‘rinishidagi maktub yuborilgani” haqidagi maqola sababli The Wall Street Journal'dan 20 milliard dollar talab qilmoqda.
Bu haqda Bild nashri yozmoqda.
Nashrda chop etilgan maqolada aytilishicha, 2003 yilda Tramp do‘sti Jeffri Epshteynga yalang‘och ayol tanasi tasvirlangan tabrik rasmini yuborgan.
AQSh prezidenti bu xabarga javoban sudga tuhmat ishi bo‘yicha da’vo arizasi topshirib, obro‘siga yetkazilgan zarar uchun 20 milliard dollar tovon talab qilmoqda.
"Men hayotimda hech qachon rasm chizmaganman. Ayollarning rasmini ham chizmayman" — deya munosabat bildirdi AQSh rahbari Donald Tramp.