Turkiyada so‘nggi ikki hafta ichida ISHIDga a’zolikda gumon qilingan 153 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, gumondorlar mamlakatning 28 viloyatida, jumladan Istanbul, Izmir, Antaliya va Bursa kabi yirik shaharlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamli aksilterror operasiyasi doirasida qo‘lga olingan.
“Qo‘lga olinganlar ISHID faoliyatida ishtirok etish, unga aloqador psevdogumanitar tuzilmalarni moliyalash va ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik tashviqotini tarqatishda gumon qilinmoqda”, — dedi Yerlikaya.