Roskomnadzor ma’lumotlar bazasidagi qaydga ko‘ra, Telegram Rossiyada o‘z rasmiy vakolatxonasini ochish «muvofiqlashtirish bosqichida». Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.
Bu qadam Rossiyada 2022 yilda qabul qilingan va «prizemleniye to‘g‘risidagi qonun» deb ataladigan talablarni bajarish doirasida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, yirik xorijiy IT-kompaniyalar:
Rossiyada filial ochishi,
Roskomnadzor so‘rovlariga javob berishi,
Veb-saytida murojaatlar uchun aloqa shaklini joylashtirishi shart.
Telegram ushbu uch talabdan ikkitasini allaqachon bajargan:
— Roskomnadzor saytida shaxsiy kabinet ochgan,
— Murojaatlar uchun maxsus forma joriy etgan.
Bir yil avval esa "Meduza" nashri ta’kidlaganidek, messenjer bu talablarning hech birini bajarmagan edi.
Vakolatxona ochishga doir kelishuv jarayoni qachon boshlangani hozircha noma’lum. Telegram asoschisi Pavel Durov bu xabarga hali izoh bermagan. Roskomnadzor ham rasmiy bayonot bilan chiqmadi.
📵 1 iyundan boshlab Rossiyada yangi qonun kuchga kirdi:
davlat idoralari, marketpleyslar va shu kabi tashkilotlarga xorijiy messenjerlar orqali mijozlar bilan muloqot qilish taqiqlandi.
Ushbu cheklovlar fonida rasmiylar "Max" deb nomlangan milliy messenjerni (VK tomonidan ishlab chiqilgan) faol targ‘ib qilmoqda.
Ayni paytda Telegram va WhatsApp kabi ommabop messenjerlar Rossiyada bloklanishi mumkinligi haqida medialarda va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.