Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

❗️Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘iz Respublikasidan “Vodil avto” chegara bojxona posti orqali Farg‘ona viloyati hududiga o‘tgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda tekshirildi.

⚡️Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari ostiga yashirgan holda, jami 859 dona zargarlik buyumlari va 1 dona qo‘l soatini qo‘shni davlatdan olib kelganligi aniqlandi.

🖥Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, kimyoviy tarkibi oltin hisoblangan, brilliant toshlari bilan bezak berilgan mazkur zargarlik buyumlarining sof og‘irligi 4 kg. 155 gr. bo‘lib, umumiy bahosi 5 mlrd 213 mln so‘mni tashkil etadi.

🔎Aniqlanishicha, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 10 nafarga yaqin savdogarlar tomonidan Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasiga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini mazkur shaxs 400 AQSh dollari xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu qimmatbaho buyumlar egalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 09:09 18.07.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!