Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil hujumida Damashqda halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetdi, 30 dan ortiq kishi yaralandi

Isroil hujumida Damashqda halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetdi, 30 dan ortiq kishi yaralandi

Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriya poytaxti Damashqqa qilingan havo zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetdi, 34 kishi jarohat oldi. Bu haqda Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda agentlik SANA.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, hujumlar natijasida davlat va xususiy mulkka tegishli bir qator ob’ektlarga jiddiy shikast yetkazilgan.

Kecha Isroil samolyotlari nafaqat Damashq markazini, balki uning yaqinida joylashgan Qatana tumanidagi ob’ektlarni ham nishonga olgan.

Janubiy Suriyadagi keskin vaziyat 13 iyul kuni boshlangan to‘qnashuvlardan so‘ng yanada murakkablashdi. Es-Suvayda viloyatida druz guruhlari va beduin arab qabilalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlangan edi.

Isroil tomoni avval ham bir necha marta druzlarga siyosiy va harbiy qo‘llab-quvvatlov berilishini ma’lum qilgan. Hukumat rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, ular Asad rejimi so‘nggi bosqichga yetishi mumkin bo‘lgan holatda druzlarni markaziy hukumatga integrasiyadan to‘sish niyatida.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Israel Kas avvalroq Suriyaga qarshi zarbalar «kuchaytirilishi» haqida bayonot bergan edilar.

Isroil armiyasi Damashqka hujum qilinganini tasdiqladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha kunduz paytida Genshtab binosiga kirish qismiga zarba berilgan va kun ikkinchi yarmida mazkur bino yana ikki marta havo hujumiga uchragan.

Kiritildi: 17:42 17.07.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!