Shartnoma doirasida “Rog‘un” GESdan 1 kVt/s elektr energiyasi 3,4 sentdan baholanadi (QQSsiz). Narx har yili 1% miqdorida indeksasiya qilib boriladi.
Kelishuv 20 yilga tuziladi va agar tomonlardan biri yakunlanishidan 6 oy avval yozma ogohlantirmasa, yana 10 yilga uzaytiriladi.
Ma’lumot uchun: “Rog‘un” Markaziy Osiyodagi eng yirik GES bo‘ladi, uning loyihaviy quvvati — 3780 mVt. Stansiyada 6 ta 630 mVt.li agregat o‘rnatiladi. Oxirgi agregat 2029 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. 2024 yilda stansiya 1,22 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqargan — bu Tojikistondagi umumiy ishlab chiqarishning 5,5 foizini tashkil etgan.