Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Bugun ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi

Bugun ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi

Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi:

➖ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

➖ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

➖ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e’tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Imtihonlar 3 ta smenada bo‘lib o‘tadi:

▪️1-smena: soat 8:00 da;
▪️2-smena: soat 12:00 da;
▪️3-smena: soat 17:00 da;

Qo‘shimcha savollar uchun 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 06:55 07.07.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!