Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: Ukraina yuz minglab yangi dronlarga ega bo‘ladi

Zelenskiy: Ukraina yuz minglab yangi dronlarga ega bo‘ladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ko‘ra, ushbu yil davomida Ukraina Rossiyadan himoyalanish uchun yuz minglab yangi dronlarni oladi. Bu hajmdagi yetkazib berishlar AQShning bir kompaniyasi bilan ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

🗣️ "Bu bizga bu yil yana yuz minglab dronlarni maxsus narxlarda olish imkonini beradi — va kelasi yili bundan ham ko‘proq bo‘ladi", — dedi Zelenskiy o‘zining kechki video murojaatida.

🔹 Prezidentga ko‘ra, ustuvorlik dron-perexvatchiklarga, ya’ni dushman dronlari va raketalarini yo‘q qiladigan qurilmalariga beriladi.

🇩🇰 Zelenskiy shuningdek, Daniya bilan qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganini ma’lum qildi:

"Biz Daniya hududida ishlaymiz. Bu ham dronlar, ham boshqa zarur qurollar bilan bog‘liq", — dedi u.

Bu shunday turdagi birinchi bitim bo‘lib, Zelenskiyga ko‘ra, yaqin orada yana shunga o‘xshash kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:09 06.07.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!