Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

DXX: Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qo‘lga olindi

DXX: Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1958 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni ma’lum qiladi.

💵Qo‘shtirnoq ichida xolis yordam bermoqchi bo‘lgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15000 AQSh dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3500 AQSh dollari berishini aytib, jami 18500 AQSh dollari talab qiladi.

⚡️ Ammo, u oldindan 9500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Kiritildi: 07:08 04.07.2025. O'qildi: 1303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!