Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi

Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a’zoligi uchun saylov bo‘lib o‘tgandi.

Unda akreditasiyadan o‘tgan sportchilargina nomzodlarga ovoz berish huquqiga ega bo‘lgandi. Komissiya 9 a’zodan iborat: 5 nafari sportchilar, qolgan 4 nafari IJF Ijroiya qo‘mitasi tomonidan saylanadi. Bu yil sayyoramizning 5 qit’asidan 20 nafar nomzod saylovda ishtirok etdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra saylanganlar:

Jasmin Martin (JAR) — Afrika dzyudo ittifoqi (AJU)

Kim Polling (Italiya) — Yevropa dzyudo ittifoqi (EJU)

Ryunoske Xaga (Yaponiya) — Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA)

Natan Kas (Avstraliya) — Okeaniya dzyudo ittifoqi (OJU)

Ivan Felipe Silva Morales (Kuba) — Panamerika dzyudo konfederasiyasi (PJC)

Komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlanganlar:

Nora Jakova (Kosovo)

Xidayat Geydarov (Ozarbayjon)

Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston)

Lukash Krpalek (Chexiya)

Yaqin kunlarda komissiya a’zolari rahbarni aniqlab olish uchun saylov jarayonini o‘tkazishadi.

O‘zbekiston dzyudo federasiyasi uchun alohida faxr shuki, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova 2025-2029 yillar uchun IJF Sportchilar Komissiyasi a’zoliga tasdiqlandi. O‘zbekiston dzyudosi tarixida ilk Olimpiada chempionining Xalqaro dzyudo federasiyasining muhim organlaridan biri tarkibiga kiritilishi ahamiyatga molik voqelik.

Bu nafaqat Diyoraning faoliyati uchun muhim qadam, balki o‘zbek dzyudosining jahon dzyudo hamjamiyatidagi o‘rni va rolining ortib borayotganidan dalolat bermoqda.

O‘zbekiston dzyudo federasiyasi Diyora Keldiyorovani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi. Ishonchimiz komil, uning ovozi sportchilar manfaatlarini xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi

Kiritildi: 22:15 03.07.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!