Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy yaqin kunlarda Tramp bilan suhbatlashishga umid qilmoqda

 Zelenskiy yaqin kunlarda Tramp bilan suhbatlashishga umid qilmoqda

Ukraina prezidenti bu haqda Daniyada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, AQSh prezidenti bilan muloqot 4 iyul kuni yoki yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishiga umid qilmoqda.

"Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamining davom etishiga ishonmoqda, chunki hozircha Yevropa hal qila olmayotgan ba’zi masalalar mavjud. Gap Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari va ularga mo‘ljallangan raketalar haqida ketmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 22:05 03.07.2025. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!