Ijtimoiy tarmoqlarda Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida joylashgan Paltau sharsharasigacha yo‘ltanlamas avtomobilda noqonuniy kirish aks etgan video tarqali va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bo‘stonliq tuman bo‘limi inspektorlari holatni o‘rganib, transport vositasi bilan qo‘riqxonaga noqonuniy kirilganligini aniqladi.
Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 82-moddasi 2-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 3 million 750 ming so‘m jarima belgilandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunining 19–22-moddalari va “Tabiati muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 47-moddasiga ko‘ra, davlat qo‘riqxonalari va boshqa tabiiy hududlarda har qanday faoliyat taqiqlanadi. Fuqarolarga faqat tegishli ruxsatnoma bilan muhofaza hududlariga kirish ruxsat etilgan.