Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azoda tinchlikka rozilik bildirdi

Isroil G‘azoda tinchlikka rozilik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida shunday dedi:

“Isroil 60 kunlik tinchlik uchun zarur shartlarga rozilik bildirdi. Shu vaqt ichida biz urushni tugatish uchun barcha tomonlar bilan ishlaymiz.”

Tramp XAMASni ham “so‘nggi taklifni” qabul qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif yaqinda Qatar va Misr tomonidan taqdim etiladi — bu ikki mamlakat uzoq vaqtdan beri mojaroda vositachilik qilib kelmoqda.

“Umid qilamanki, Yaqin Sharq manfaatlari uchun XAMAS bu kelishuvni qabul qiladi, chunki yaxshisi bo‘lmaydi — faqat yomonlashadi!” — dedi Tramp.

Axios portali ma’lumotiga ko‘ra, AQSh rasmiylari Isroilni rozi qilish uchun shunday takliflar bergan va buga erishilgan. Tramp bir necha kun oldin 60 kunlik tinchlik ehtimoli borligini aytgan edi.

Tramp yaqinda Vashingtonda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni qabul qiladi, uchrashuvda Gazadagi urush muhokama qilinadi. AQSh prezidenti tinchlik kelasi hafta amalga oshishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Hozircha XAMAS tinchlikka tayyor ekaniga oid aniq belgilar yo‘q. Terror tashkiloti oldin urushni to‘liq tugatishni talab qilgan. AQSh va Isroil ushbu talablarni yangi takliflarida inobatga olgan yoki yo‘qligi noma’lum.

Kiritildi: 12:28 03.07.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!