"Indoneziyaning Bali oroli sohillarida parom cho‘kib ketishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi", deya xabar bermoqda agentlik.
Mahalliy qutqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun cho‘kib ketgan kema bortida jami 65 kishi – 53 nafar yo‘lovchi va ekipajning 12 a’zosi bo‘lgan. Parom Sharqiy Yavadan Bali oroli tomon harakatlanayotgandi.
"23 kishi qutqarildi, to‘rt kishi halok bo‘ldi. Halokat sabablari noma’lum", – dedi AFP agentligiga Yava orolidagi Banyuvanga shahri polisiyasi boshlig‘i Ram Samtama Putra.
Parom operatorining mahalliy matbuotga ma’lum qilishicha, halokatdan biroz oldin kema ekipaji dvigatelda nosozlik borligi haqida xabar bergan. Mazkur yo‘nalish asosan Yava va Bali orollari o‘rtasida sayohat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan foydalaniladi.