Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Yle: Rossiya bombardimonchi samolyotlar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda

Yle: Rossiya bombardimonchi samolyotlar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda

Finlandiyaning Yle jamoat teleradiokompaniyasi Planet Labs tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilib, Qozon aviasiya zavodi kengaytirilayotgani haqida xulosaga keldi.

Telekanalning xabar berishicha, bu Rossiyada Ukraina hududlariga hujumlarda qo‘llaniladigan va yadroviy qurol tashishga qodir og‘ir bombardimonchi samolyotlar ishlab chiqaradigan yagona korxona hisoblanadi. Shuningdek, bu yerda fuqarolik aviasiyasi samolyotlari ham ishlab chiqariladi.

"Zavod hududining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarida yangi binolar ko‘rinmoqda, ulardan eng kattasi taxminan 320 metr uzunlikda va taxminan 19 ming kvadrat metr maydonni egallaydi, bu uchta futbol maydoniga teng.

"Sun’iy yo‘ldosh suratlarida ko‘plab yangi ishlab chiqarish maydonlari paydo bo‘lgani aniq ko‘rinadi. Biroq bu Rossiya aviasiya sanoati muammolarini hal qilmaydi", — deya fikr bildirdi Finlyandiya harbiy razvedkasida uzoq yillar xizmat qilgan va Rossiya Qurolli kuchlarini 20 yildan ortiq kuzatib kelayotgan harbiy ekspert Marko Eklund.

Kiritildi: 09:38 29.06.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!