Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronning tinch atom dasturini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratishi xomxayolmi?

Tramp Eronning tinch atom dasturini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratishi xomxayolmi?

Tramp Eronning tinch atom dasturini rivojlantirish uchun 30 milliard dollar ajratish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilayotgan bunday yangiliklar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"Ommaviy axborot vositalarida soxta yangiliklar tarqatuvchilar sharmandali odamlar sanaladi. “Prezident Tramp Eronga 30 milliard dollar bermoqchi emish”, deyishmoqda. Bu kabi xabarlarga asos yo‘q. Men bu bema’ni g‘oyani hech qachon eshitmaganman. Bu – yana bir yolg‘on, soxta xabar, faqat obro‘yimni tushirish uchun tarqatilgan. Bu odamlar haqiqatdan ham kasal", — deb yozdi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq CNN telekanali AQSh Eronning tinch yadro dasturiga 30 milliard dollargacha investisiya kiritish taklifini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edi. Bu dastur uranni boyitmasdan, faqat fuqarolik energiyasi maqsadlarida foydalanishni nazarda tutadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu investisiya Vashington tomonidan ajratilmaydi, mablag‘ Qo‘shma Shtatlarning arab hamkorlari (ehtimol, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni) tomonidan beriladi.

Kiritildi: 08:40 29.06.2025. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!