Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiya poytaxtida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish talab qilingan ommaviy mitingdan so‘ng polisiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi

Serbiya poytaxtida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish talab qilingan ommaviy mitingdan so‘ng polisiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi

28 iyun kuni Belgrad markazida o‘n minglab namoyishchilar to‘plandi. Voqea joyidan olingan videolarda ko‘plab hukumat idoralari joylashgan shahar markazidagi Slaviya maydoni deyarli butunlay odamlar bilan to‘lgani ko‘rinadi.

"Polisiya yig‘ilganlar sonini 36 ming kishi deb baholagan, mustaqil kuzatuv tashkilotlari esa bu raqamni 140 ming nafar deya qayd etgan", deb xabar bermoqda AFP.

Reuters'ning ma’lum qilishicha, hukumat binolarini va unga tutash bog‘ni maxsus kiyimdagi polisiyachilar qo‘riqlagan. Bu hududda prezident Aleksandar Vuchich tarafdorlari to‘plangan edi.

"Mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida namoyishchilarning bir qismi Vuchich tarafdorlari tomon harakatlana boshladi va polisiyachilarga pirotexnika vositalarini uloqtira boshladi. Bunga javoban polisiya kuch ishlatdi", deb yozadi Reuters.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, polisiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan. AFP agentligi jurnalistlari polisiya tomonidan shovqinli-yorug‘lik granatalari ham qo‘llanilganini qayd etishgan.

Kiritildi: 08:34 29.06.2025. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!