Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Trampning tarafini oldi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Trampning tarafini oldi

"Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi ko‘pchilik ovozi bipan (olti ovozga qarshi uch ovoz) quyi sudlar “Kongress tomonidan federal sudlarga berilgan vakolatlarni oshirib yuborgan” deb qaror chiqardi", deya xabar bermoqda agentlik.

Shu tariqa, AQSh Oliy sudi butun mamlakat bo‘yicha tug‘ilganlik orqali fuqarolik olish huquqiga doir ishda prezidentning tarafini oldi va quyi instansiya sudlarining Trampning tegishli farmonini to‘sib qo‘yish huquqini chekladi. Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi. Quyi sudlarga bunga doir qarorlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Reuters agentligining qayd etishicha, bu qarorda Donald Tramp ma’muriyati siyosatining qonuniyligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rib chiqilmagan.

Mazkur qarorni Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida tayinlagan sudya Emi Koni Barrett chiqardi. Oq uy rahbari unga minnatdorchilik bildirib, Oliy sud "radikal so‘l qanot sudyalarining vakolatlarini suiiste’mol qilishiga barham berganini" ta’kidladi.

Kiritildi: 21:11 28.06.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!