Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Isfahondagi yadroviy ob’ektga qanday bombalar bilan zarba bergan?

AQSh Isfahondagi yadroviy ob’ektga qanday bombalar bilan zarba bergan?

AQSh Isfahondagi yadroviy ob’ektga chuqur kirib boruvchi bombalar bilan zarba bermadi, chunki u judayam chuqurda joylashgan.

"Qo‘shma Shtatlar Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keynning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Isfahondagi yadroviy inshootga zarba berishda chuqur kirib boruvchi bombalarni qo‘llamagan, chunki mazkur ob’ekt yer ostida ancha chuqurlikda joylashgan", deya xabar bermoqda telekanal bir nechta manbalariga tayanib.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, Keyn bu bayonotni senatorlar uchun yopiq brifingda ma’lum qilgan va nima sababdan Eronning Isfahondagi yadroviy ob’ yektiga zarba berishda “bunkerga qarshi bombalar” qo‘llanilmaganini tushuntirgan.

Avvalroq AQSh Isfahondagi uranni qayta ishlash zavodiga qanotli raketalar bilan zarba bergani xabar berilgan edi. Fordo va Natanzdagi yer osti ob’ektlariga esa chuqur kirib boruvchi bombalar tashlangan.

AQSh 22 iyun kuni Eron yadroviy ob’ektlariga zarbalar bergan edi. Bombardimon oqibatlari haqida to‘liq ma’lumot hozircha yo‘q. CNN va The New York Times manbalari, AQSh razvedkasining dastlabki ma’lumotlariga tayanib, bu zarbalar Eron yadroviy inshootlarining faqat kichik bir qismini yo‘q qilgani, asosiy boyitilgan uran zaxiralari va uskunalar esa Tehron tomonidan boshqa joyga ko‘chirilgani va yashirilganini xabar qilgandi.

Oq uy esa bu bahoga qo‘shilmasligini bildirdi. Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) rahbari AQSh va Isroil zarbalari natijasida Eron yadroviy dasturiga “jiddiy zarar yetkazilganini” ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:04 28.06.2025. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!