Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokistonda terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilida harbiy konvoyga borib urildi, 16 kishi halok bo‘ldi — AFP

Pokistonda terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilida harbiy konvoyga borib urildi, 16 kishi halok bo‘ldi — AFP

"Pokiston va Afg‘oniston chegarasiga yaqin joylashgan Shimoliy Vaziriston viloyatida hudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilida harbiy konvoyga borib urildi", deya xabar bermoqda agentlik mahalliy hokimiyat vakiliga tayanib.

AFP suhbatdoshiga ko‘ra, voqea oqibatida 16 nafar harbiy halok bo‘lgan, yana taxminan 20 kishi, jumladan, tinch aholi vakillari jarohat olgan.

"Portlash natijasida ikki uyning tomi qulab tushib, olti nafar bola jarohat oldi", — dedi AFP'ga Pokiston polisiyasi vakili.

The Times of India nashriga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni Pokistondagi “Tolibon” harakati tarkibiga kiruvchi dala qo‘mondoni Hofiz Gul Bahodir boshchiligidagi guruh jangarilari o‘z zimmasiga olgan.

Pokiston hukumati bir necha yil avval Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon”ni chegaraga yaqin hududlarda harbiylar va huquq-tartibot organlari xodimlariga qarshi hujumlarda hamkorlik qilayotganlikda ayblamoqda. “Tolibon” esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Kiritildi: 20:57 28.06.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!