Uzbekistan Airways 1 iyuldan boshlab Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni odatdagi tartibda amalga oshiradi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi. Bu Tel Avivdagi Ben-Gurion aeroportining yopilishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar tufayli kompaniya iyun oyi oxirigacha Toshkentdan Dubay va Sharm al Shayxga va ortga parvozlar jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritgandi.