Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaqin kunlarda G‘arbiy Yevropani jazirama issiq qamrab oladi — Deutsche Welle

Yaqin kunlarda G‘arbiy Yevropani jazirama issiq qamrab oladi — Deutsche Welle

Meteorologlarning kutilmalariga ko‘ra, Rimda harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 37 darajagacha ko‘tariladi, Fransiyaning port shahri Marselda esa 40 darajagacha yetadi. Italiya janubidagi Palermoda +39°C issiq kutilayotgani sababli Sisiliya rasmiylari kunning eng issiq soatlarida ochiq havoda ishlashni taqiqladi, bunday chorani Italiya shimolidagi Liguriya mintaqasi ham joriy qildi.

29 iyun kuni Portugaliya qutqaruv xizmatlari mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlari xavfiga tayyor holatda bo‘lishi e’lon qilingan. Mamlakat poytaxti Lissabonda havo +42°C issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, o‘tgan yillar davomida halokatli yozgi yong‘inlarga duch kelgan Ispaniyaning katta qismida ham harorat 40°C darajadan oshishi taxmin qilinmoqda. G‘arbiy Germaniyada esa iyul oyining dastlabki ikki kunida harorat +35°C darajaga yetishi kutilmoqda.

Evropa Ittifoqining Copernicus iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli issiq Yevropa qit’asida qayd etilgan eng issiq mart oyi kabi rekord darajadagi haroratlar ketma-ketligidan keyin yuzaga kelmoqda. Olimlar uzoq vaqtdan beri insoniyat tomonidan uglevodorod yoqilg‘ilaridan foydalanishni global iqlim isishining asosiy sababchisi deb ogohlantirib kelmoqda, bu esa atrof-muhit uchun halokatli oqibatlarga olib kelmoqda. Yevropadagi tobora kuchli va tez-tez takrorlanayotgan yozgi issiq to‘lqinlari esa ushbu global isishning bevosita natijasi hisoblanadi.

Kiritildi: 20:31 28.06.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!