Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘azoda yordam markazlari “o‘lim maydonlari”ga aylanmoqda

G‘azoda yordam markazlari “o‘lim maydonlari”ga aylanmoqda

Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha BMTning Blijniy Sharq agentligi (BAPOR) G‘azo sektoridagi gumanitar yordam tarqatish markazlarini “o‘lim maydonlari” deb atadi.

Bu bayonot Isroil armiyasi tinch fuqarolarni atrofi qorong‘u bo‘lgan gumanitar markazlarda “ataylab o‘ldirgani” haqidagi Haaretz gazetasi nashridan so‘ng BAPOR tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

«G‘azodagi yangi yordam tarqatish tizimi — bu haqiqiy o‘lim maydoni. Ovqat tarqatish o‘rniga u faqatgina xaos va o‘lim keltirmoqda. Oxirgi bir oy ichida ushbu markazlarda o‘z oilasi uchun oziq-ovqat olishga uringan 400 nafardan ziyod och inson o‘ldirildi», — deyiladi bayonotda.

BAPOR ma’lumotiga ko‘ra, tirik qolgan guvohlar Isroil armiyasi tomonidan tinch aholiga qarata xaotik o‘q uzilganini tasdiqlamoqda. Shuningdek, ko‘plab bolalar o‘z yaqinlaridan ajralib qolish oqibatida jiddiy psixologik travmaga uchragan.

Bu bayonot xalqaro hamjamiyat orasida G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan yanada ko‘proq e’tibor va choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 18:07 28.06.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!