Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy: Rossiya qurollarida G‘arb texnologiyalari bor — bu barcha uchun tahdid!

Zelenskiy: Rossiya qurollarida G‘arb texnologiyalari bor — bu barcha uchun tahdid!

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevda o‘tkazilgan xalqaro sanksiyalar konferensiyasida Rossiya qurollarida xorijiy mamlakatlar sanoatiga tegishli komponentlar mavjudligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yilda Rossiya Ukrainaga qarshi ishlatgan raketa va dronlarida kamida 12 davlat – xususan, Fransiya, Germaniya, AQSH, Xitoy, Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiyada ishlab chiqilgan harbiy sanoatga oid yuzlab xildagi elektron qismlar aniqlangan.

«Afsuski, hatto G‘arb mamlakatlari ham hali-hanuz Rossiyani muhim uskunalar va komponentlar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Bu – faqat Ukraina xavfsizligi uchun emas, balki sizlarning xavfsizligingiz va global adolat uchun ham jiddiy muammo», — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, ukrain mutaxassislari Rossiyaning dron va raketalaridagi sanoat qismlarini tahlil qilib, kelgusi yetkazib berish bo‘yicha rejalashtirilgan shartnomalar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lgan.

Kiritildi: 17:23 28.06.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!