Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning ta’kidlashicha, Ukrainani NATOga qabul qilish jahon tinchligi uchun katta tahdid soladi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev NATOga qo‘shilsa, bu Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush va ertasi kuni uchinchi jahon urushi boshlanishini anglatadi. Bundan tashqari, frontning o‘zi Yevropa qit’asining markaziga suriladi.
“Bu — diplomatiya emas, jinlik. Spichkani porox bochasiga tashlamaydilar,” — deya xulosa qildi Orban.