CNN nashrining yozishicha,Tramp ma’muriyati Tehron bilan Eronning fuqarolik yadroviy dasturini rivojlantirish uchun 30 milliard dollar ajratish masalasini muhokama qilgan.
💥 AQSh prezidenti Donald Tramp bu xabarga javoban Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi:
"Bu bema’ni g‘oya haqida hech qachon eshitmaganman. Bu menga nisbatan yana bir yolg‘on hujum, meni bo‘hton qilish uchun navbatdagi soxta xabar. Bu odamlar aqldan ozgan!"
Faqat bir necha kun avval ham Tramp Eronning yadroviy ob’ektlari yo‘q qilinmagani haqidagi Amerika jurnalistlarining bayonotlaridan qattiq g‘azablangandi. O‘shanda u CNN va MSNBC telekanallarini "chiqindilar" va "muvaffaqiyatsizlar" deb atagan edi.