Gap Litva, Latviya, Estoniya, Polsha va Finlyandiya haqida ketmoqda, deb yozadi Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi.
Maqolada aytilishicha, yangi "temir parda" Yevropa va Rossiya o‘rtasida "Finlyandiyaning eng shimolidagi Laplandiyadan Polsha sharqidagi Lyublin voevodligigacha" tushishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu davlatlar o‘z chegaralariga "millionlab minalar" sepishga tayyor. Litva tank va piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqarish uchun allaqachon 800 million yevro ajratgan, deyiladi nashrda.
Sanab o‘tilgan davlatlar avvalroq piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishini e’lon qilgan edi.