Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiyada rezina g‘ildirakli tramvay ishga tushiriladi

Yaponiyada rezina g‘ildirakli tramvay ishga tushiriladi

Yaponiyada umumiy foydalanishdagi asfalt yo‘llarda harakatlanadigan noyob rezina g‘ildirakli tramvayni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bunda transport vositasining manyovrchanligi cheklangan bo‘lsa-da, bu safar cheklov magnit markerlar yordamida amalga oshiriladi.

The Asahi Shimbun nashrining yozishicha, Yaponiyaning Yamanasi prefekturasi hukumati alpinistlar va Fudzi tog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun jamoat transportining yangi turini tanladi.

Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra trolleybusdan farq qilmaydigan relssiz tramvay edi. Buning sababi shundaki, u temir yo‘l bo‘ylab emas, balki asfaltlangan yo‘llarda harakatlanadi.

Shunga qaramay, u magnit belgilari ko‘rinishidagi cheklovchi tizimdan foydalangani sababli erkin manyovr qila olmaydi.

Xabar qilinishicha, prefektura jamoat transportining bir necha turini ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari, narxi, tashrif buyuruvchilar oqimini boshqarish imkoniyati, qulayligi va boshqa jihatlardan baholagan.

Natijada mansabdorlar qiziqarli yechimga — rezina g‘ildirakli tramvayga to‘xtalishdi. Bu transport vositasi dastlab “Fudzi tramvayi” deb nomlandi. Ta’kidlanishicha, aynan magnit yo‘naltirish tizimi ko‘plab muammolarni hal etishda eng samarali usul bo‘lib chiqdi.

Relssiz transport vositasi tog‘ etagidan boshlab, dengiz sathidan 2300 metr balandlikda joylashgan 5-bekatgacha qatnov qiladi. Yo‘nalish shimoliy yonbag‘irning eng go‘zal joylarini, jumladan Kavaguchiko ko‘lini o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlanishicha, bu transport turi ishga tushirilgandan so‘ng, boshqa avtotransport vositalari uchun Fudzi-Subaru yo‘nalishidan foydalanish taqiqlanadi. Bu chora so‘nggi paytlarda haddan tashqari ko‘payib ketgan toqqa tashrif buyuruvchilar sonini nazorat qilish uchun zarur hisoblanadi.

Kiritildi: 23:25 24.06.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!