Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarolarining AQShga tashrif vizasining 65 foizi rad etildi

O‘zbekiston fuqarolarining AQShga tashrif vizasining 65 foizi rad etildi

AQSh 2024 fiskal yili uchun O‘zbekiston fuqarolarining B-1/B-2 tashrif vizasiga arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Bu ma’lumot AQSh Davlat departamenti hisobotida mavjud. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

2023 yilda O‘zbekistonda rad etish darajasi 59,56 foizni, 2022 yilda 47,04 foizni, pandemiyali 2020 yilda 74,14 foizni, 2019 yilda 68,06 foizni tashkil etgandi.

Turkmaniston fuqarolari uchun rad etish darajasi 58,8 foiz, Qozog‘istonda 46,29 foiz, Tojikistonda 45,24 foiz va Qirg‘izistonda 39,14 foizni tashkil etgan.

MDH davlatlari orasida ko‘rsatkichlar turlicha: Ozarbayjon — 21,46%, Armaniston — 59,46%, Belarus — 28,79%, Rossiya — 38,56%.

Laos dunyodagi eng yuqori rad etish darajasiga ega — 82,84%. Kuchli beshlikka, shuningdek, Gvineya-Bisau (76,59%), Senegal (74,65%), Somali (77,02%) va Gvineya (70,25%) kiradi.

Eng kam muvaffaqiyatsizlik BAA — 1,46%, Kipr — 2,16% va Ruminiyada — 2,61%.

Tashrifchi vizalari AQShga biznes (B-1 vizasi), turizm, dam olish va yashash (B-2 vizasi) yoki ushbu maqsadlarning kombinasiyasi (B-1/B-2) uchun vaqtinchalik kirishni xohlovchi shaxslar uchun noimmigrasion vizalar hisoblanadi.

Kiritildi: 22:45 24.06.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!