Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

Shakarsiz va yog‘siz qahva iste’mol qilish erta o‘lim xavfini pasaytirishi mumkin. AQShlik olimlar kuniga 1-2 finjon qora qahva ichish har qanday sababdan o‘lim xavfini 14 foizga kamaytirishini aniqladilar.

Tadqiqotda 46 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ma’lum bo‘lishicha, qahvaga juda oz miqdorda shakar (yarim choy qoshig‘idan kam) va qaymoq (1 osh qoshig‘igacha) qo‘shilganda ham, ijobiy ta’sir saqlanib qoladi. Biroq, ichimlik haddan tashqari shirin yoki yog‘li bo‘lsa, foydasi yo‘qoladi.

Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, kofeinsiz qahva ichuvchilarda ijobiy ta’sir umuman kuzatilmagan.

Kiritildi: 21:45 24.06.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!