Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Arnasoy tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi

Arnasoy tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Arnasoy tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.B.” MCHJ rahbari M.X. MCHJ dorixonasida fuqaro A.A.ga 15 quti kuchli ta’sir etuvchi dori vositasini shifokor reseptsiz 4,4 mln so‘mga sotib, xarid evaziga pulni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:03 24.06.2025. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!