Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Xitoydan 500 mln AQSh dollari miqdorda qarz oldi

O‘zbekiston Xitoydan 500 mln AQSh dollari miqdorda qarz oldi

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 500 million AQSh dollariga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Xitoydan olinadigan ushbu qarz mablag‘ bilan IT sohasidagi loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, uchrashuvda gidroenergetika ob’ektlari qurilishi, qishloq xo‘jaligi sohasining barqaror rivojlanishiga va transport infratuzilmasini modernizasiya qilishga xizmat qiluvchi loyihalar ham muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, 2002 yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3,2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirilgan.

Kiritildi: 22:35 23.06.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!