Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminalida, “Qo‘noq” brendi ostidagi kapsula-mehmonxona ochildi. Unda oltita kapsula mavjud: to‘rtta standart bir kishilik va ikkita oilaviy kapsula.
Har bir kapsula atrof-muhitdan to‘liq izolyasiya qilingan bo‘lib, har bir kapsula zamonaviy jihozlar, choyshablar to‘plami, ortopedik matras, individual shamollatish va yoritish tizimi, USB portlar bilan jihozlangan.
Kapsulalarda soatbay dam olish mumkin
Tariflar quyidagicha:
Bir kishilik standart kapsula:
• 4 soatgacha — 400 000 so‘m
• 6 soatgacha — 600 000 so‘m
• 8 soatgacha — 800 000 so‘m
Ikki kishilik standart kapsula:
• 4 soatgacha — 600 000 so‘m
• 6 soatgacha — 800 000 so‘m
• 10 soatgacha — 1 000 000 so‘m