Habarlarga ko‘ra, 2025 yil 1 iyulidan O‘zbekistonda uy-joy xaridida eskrou hisobvaraqlar orqali to‘lov tizimi joriy etiladi. Ekspertlarning prognozlariga tayangan holda, bu ko‘chmas mulk narxining 20-30% gacha oshishiga olib kelishi mumkin.
2025 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekistonda yangi tizim — eskrou-schetlar joriy etiladi. Bu tizimga ko‘ra, xaridor puli to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchiga emas, bank orqali maxsus hisobga tushadi va faqat uy topshirilgandan keyin developer bu pulni oladi.
Bu xaridorlarni himoya qilish va qurilish bozorini shaffoflashtirishga xizmat qiladi. Ammo har qanday islohotdagi kabi, bu ham quruvchilar uchun yangi qiyinchiliklar va narx oshishiga olib keladi.
Rossiyada eskrou tizimi joriy qilinganidan so‘ng narxlar 2 yilda 25–35% gacha oshgan. Shuningdek, bozordan kichik quruvchilar chiqib ketgan, tanlov kamaygan.
O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash ssenariy kutilmoqda:
— Narxlar 20–30% gacha ko‘tarilishi mumkin,
— 20–25% quruvchilar bozorni tark etadi,
— Kreditlar yuqori (21–22%) bo‘lgani uchun qurilish xarajatlari ortib boradi.
Ekspertlar tavsiyasi:
Agar uy olish rejangiz bo‘lsa - hozir imkoniyatlar oxirgi pallada. Keyin narxlar ko‘tarilishi, ipoteka sharoitlari o‘zgarishi mumkin.
Ammo ehtiyot bo‘ling - xaridda faqat ishonchli, tajribali va hujjatlari to‘liq quruvchilarni tanlang.