Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Urganchlik alimentchi ona farzandlariga uy sovg‘a qildi

Urganchlik alimentchi ona farzandlariga uy sovg‘a qildi

Xorazm viloyati, Urganch tumanida yashovchi ona uch nafar farzandlarining 18 yoshga qadar bo‘lgan davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment puli o‘rniga umumiy yer maydoni 689 kv.metr bo‘lgan uyni sovg‘a qildi.

Majburiy ijro byurosining Urganch tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor F.M.dan undiruvchi fuqaro A.X. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish belgilangan.

Byuroning Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash imkoniyati mavjudligi tushuntirilgan.

Davlat ijrochisining olib borgan ijro harakatlari, shuningdek, tushuntirish ishlari samara berib, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ota o‘z farzandlarining 18 yoshga to‘lguniga qadar belgilangan aliment to‘lovi uchun Urganch tumani, “Turkmanlar” mahallasida joylashgan umumiy yer maydoni 689 kv.metr bo‘lgan uyni turmush o‘rtog‘iga notarial tartibda rasmiylashtirib berdi.

Kiritildi: 21:35 23.06.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!