Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroildan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

Isroildan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

Shu yilning 24 iyun kuni Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda. Isroildagi elchixona chegaradan o‘tishda amaldagi xorijga chiqish pasporti va boshqa zarur hujjatlar bo‘lishi lozimligini eslatdi.

Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasining xabar berishicha, “Fly Khiva” aviakompaniyasi tomonidan Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga charter reys (FKH9902) tashkil etilmoqda.

Akaba shahridan uchish: 24 iyun kuni soat 19:10 da. Toshkentga yetib kelish esa poytaxt vaqti bilan 25 iyun soat 02:40 ga to‘g‘ri keladi.

Chegaradan o‘tish paytida amaldagi xorijga chiqish pasporti va barcha zarur hujjatlar bo‘lishi lozim, deb eslatdi elchixona.

Aviachiptalarni xarid qilish, Iordaniya vizasini olish va Tel Avivdan Iordaniya chegarasigacha transfer xizmatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun: +972 53−556−5254 (WhatsApp orqali ham aloqa qilish mumkin).

Dipmissiya reys vaqti aviakompaniya va mahalliy hokimiyatlar ko‘rsatmalariga binoan o‘zgarishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 18:57 23.06.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!